Biz birgalikda eshitish qobiliyati cheklangan bolalarni qo'llab-quvvatlab, ularga dunyoni eshitish imkoniyatini berishimiz mumkin.
1999 yilda Samarqandning Urgut tumanida tug‘ilgan. Oilada yolg‘iz farzand. Kitob o‘qishni yaxshi ko‘radi, biologiya va kimyo fanlariga qiziqadi. Uning orzusi...
BatafsilKurbanova Minayim Xojanbergen qizi 1995 yil 17 iyulda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Kegeyli tumanidagi Aqtuba ovul fuqarolar yig‘inidagi Yesebiy qishlog‘ida tug‘ilgan. 2013...
Batafsil2014 yil 21 sentyabrda Farg‘ona viloyatining Quva shahrida dunyoga kelgan. Rasm chizishga qiziqadi. 3-sinfda o‘qiydigan katta opasi bilan birga darslar...
Batafsiltest
Salomatlik uchun
ради детей
Всего хорошего
🤍
Koxlear implant — bu kichik elektron qurilma bo‘lib, koxlear nerv (eshituv nervi)ni elektr impuls bilan qo‘zg‘atadi, chuqur kar va juda past eshitadigan kishilarga tovushni his qilishda yordam beradi.
Implant tashqi va ichki qismlarga ega. Tashqi qismi quloqning ortida joylashadi va mikrofon yordamida ovozlarni qabul qiladi. So‘ng ovozlarni qayta ishlab, implantning ichki qismiga yetkazib beradi.
Mazkur kraudfanding-platformada ro‘yxatdan o‘tish uchun maxsus anketani to‘ldirish va tegishli diagnostika jarayonidan o‘tish kerak bo‘ladi. Ro’yxatdan o’tish uchun info@xayriya.online elektron pochta manzili orqali biz bilan bog‘laning.
Zarur bo‘lgan mablag‘ 100% yig‘ib bo‘linganidan so‘ng, Toshkentga yuqori malakali otolaringolog-shifokor koxlear implantatsiya o‘tkazish uchun taklif qilinadi. Batafsil maʼlumotlar xayriya.online saytining yangiliklar ruknida berib boriladi.
Operatsiyadan so‘ng bemor eshitmaydi. U koxlear implantning tashqi qismida joylashgan nutq protsessori yoqilganidan so‘ng eshita oladi. Protsessor operatsiyadan 3-4 haftadan o‘tgach, jarohat to‘liq bitganda yoqiladi.
Koxlear implant operatsiyasi xarajatlari katta bo‘lgani sababli, ko’pincha, jarrohlik amaliyoti bitta quloqda o‘tkaziladi. Odatda operatsiya bemorning nisbatan past eshitadigan quloqda amalga oshiriladi, shunda u boshqa qulog‘iga eshitish apparatini taqishda davom etishi mumkin bo‘ladi. Baʼzi hollarda operatsiya yaxshiroq eshitadigan quloqda ham o‘tkaziladi. Masalan, bemorning chig‘anog‘ida ossifikatsiya va anomaliya holati aniqlansa, yoki bemor eshitish qobiliyatini bolalikda yo‘qotgan bo‘lib, eshitish apparatini faqat bitta quloqda taqib yurgan bo‘lsa, birmuncha yaxshi eshitadigan quloqda operatsiya o‘tkaziladi.
Operatsiya umumiy narkoz ostida o‘tkaziladi va 40 daqiqadan 1.5 soatgacha davom etadi. Bu operatsiya miyada emas, quloqda o‘tkaziladi. Shuning uchun jarrohlik amaliyotini lor-jarroh amalga oshiradi. Aksariyat bemorlar, shuningdek bolalar ham narkoz taʼsiri ketgach, o‘sha kuning o‘zida o‘rnidan turishi va muloqot qilishi mumkin. Operatsiyadan keyingi kun bemor mustaqil ravishda deyarli hech qanday cheklovlarsiz harakatlanishi mumkin. 7-10 kundan so‘ng bemorning boshidagi bog‘lamalar olib tashlanadi va shifoxonadan ruxsat beriladi, bemor odatiy hayot tarziga, shuningdek, ishga ham qaytishi mumkin.