O‘zb Рус
Minayim Qurbonova

Kurbanova Minayim Xojanbergen qizi 1995 yil 17 iyulda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Kegeyli tumanidagi Aqtuba ovul fuqarolar yig‘inidagi Yesebiy qishlog‘ida tug‘ilgan.

2013 yilda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining xorijiy tillar fakulteti ingliz tili bo‘limiga o‘qishga kirib, 2018 yilda imtiyozli tamomlagan.

Minayim bolalikdanoq sheʼr yozish, tasviriy sanʼat, pazandalik bilan shug‘ullanishga qiziqadi. Katta zavq bilan ingliz, rus tili, matematika va adabiyotni o‘rganadi.

Uning kelgusidagi rejalari— ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lish. O‘z o‘quv markazi ochishni istaydi, unda ingliz tili kursi, yosh qizlar pazandalik sirlarini o‘rgatish va turli to‘garaklar tashkil etishni maqsad qilgan.

2017 yilda Minayim boshidan jarohat olib, eshitish qobiliyatini yo‘qotgan. Shifokorlar tomonidan koxlear implantatsiya o‘tkazishga tavsiya etilgan. Operatsiyadan so‘ng unda ezgu orzulariga yetishish imkoni yaraladi.

Xayriya qilish

Minayim Qurbonova

25 yil
Tashxis:

IV darajali eshitish qobiliyatini yo'qotish

Kerakli muolaja:

Koklear implantatsiya

1 063 950 so’m
0% to‘plandi Maqsad 150 000 000 so’m