2014 yil 21 sentyabrda Farg‘ona viloyatining Quva shahrida dunyoga kelgan. Rasm chizishga qiziqadi. 3-sinfda o‘qiydigan katta opasi bilan birga darslar qilish – joni dili. Keyingi yildan o‘zi ham maktabga boradi.
Tashxis: ikki tomonlama eshitishish qobiliyatining IV darajali pasayishi. Karlikning sababi- – nomaʼlum. Yetarli eshitish tajribasi va nutq ko‘nikmalari mavjudligi hisobga olinib, koxlear implantatsiya tavsiya etiladi.
Ozodbekning jamiyatda sog‘lom inson bo‘lib o‘rnini topishda yordam bering.