O‘zb Рус

Ko’p so’raladigan savollar

Mazkur kraudfanding-platformada ro‘yxatdan o‘tish uchun maxsus anketani to‘ldirish va tegishli diagnostika jarayonidan o‘tish kerak bo‘ladi. Ro’yxatdan o’tish uchun info@xayriya.online elektron pochta manzili orqali biz bilan bog‘laning.

Zarur bo‘lgan mablag‘ 100% yig‘ib bo‘linganidan so‘ng, Toshkentga yuqori malakali otolaringolog-shifokor koxlear implantatsiya o‘tkazish uchun taklif qilinadi. Batafsil maʼlumotlar xayriya.online saytining yangiliklar ruknida berib boriladi.

Operatsiyadan so‘ng bemor eshitmaydi. U koxlear implantning tashqi qismida joylashgan nutq protsessori yoqilganidan so‘ng eshita oladi. Protsessor operatsiyadan 3-4 haftadan o‘tgach, jarohat to‘liq bitganda yoqiladi.

Koxlear implant operatsiyasi xarajatlari katta bo‘lgani sababli, ko’pincha, jarrohlik amaliyoti bitta quloqda o‘tkaziladi. Odatda operatsiya bemorning nisbatan past eshitadigan quloqda amalga oshiriladi, shunda u boshqa qulog‘iga eshitish apparatini taqishda davom etishi mumkin bo‘ladi. Baʼzi hollarda operatsiya yaxshiroq eshitadigan quloqda ham o‘tkaziladi. Masalan, bemorning chig‘anog‘ida ossifikatsiya va anomaliya holati aniqlansa, yoki bemor eshitish qobiliyatini bolalikda yo‘qotgan bo‘lib, eshitish apparatini faqat bitta quloqda taqib yurgan bo‘lsa, birmuncha yaxshi eshitadigan quloqda operatsiya o‘tkaziladi.

Operatsiya umumiy narkoz ostida o‘tkaziladi va 40 daqiqadan 1.5 soatgacha davom etadi. Bu operatsiya miyada emas, quloqda o‘tkaziladi. Shuning uchun jarrohlik amaliyotini lor-jarroh amalga oshiradi. Aksariyat bemorlar, shuningdek bolalar ham narkoz taʼsiri ketgach, o‘sha kuning o‘zida o‘rnidan turishi va muloqot qilishi mumkin. Operatsiyadan keyingi kun bemor mustaqil ravishda deyarli hech qanday cheklovlarsiz harakatlanishi mumkin. 7-10 kundan so‘ng bemorning boshidagi bog‘lamalar olib tashlanadi va shifoxonadan ruxsat beriladi, bemor odatiy hayot tarziga, shuningdek, ishga ham qaytishi mumkin.

Koxlear implant tashqi qismidagi mikrofon tovushlarni kuchaytirib, audioprotsessorga jo‘natadi. Koxlear implant audioprotsessori tovush va nutqni kuchsiz elektr impulslarga aylantiradi, uzatgich va bosh terisi ostidagi qabul qilgich yordamida chig‘anoqdagi elektrodlarga uzatadi. Bu impulslar eshituv nervini qo‘zg‘atadi, u miyaning eshituv markaziga yetkazuvchi impulslarni yetkazib beradi. Miya eshituv markazi bu impulslarni nutq, musiqa, tovush tarzida qabul qiladi.

Koxlear implantatsiya ikki tomonlama kar va eshitish qobiliyati 4-darajada bo‘lganlarda o‘tkaziladi. So‘nggi yillarda koxlear implantatsiya o‘tkazish uchun ko‘rsatmalar ko‘paymoqda. Operatsiya tabiiy eshitish qobiliyati qisman saqlanib qolgan bemorlarga ham tavsiya etilishi mumkin. Bunda bolaga to‘g‘ri tanlangan va sozlangan zamonaviy eshitish vositalari yordam bera olmaydi, chunki ichki quloq chig‘anog‘ida tukli hujayralarning katta qismi zararlangan bo‘ladi. Bemorda o‘tkazilgan kompleks tekshiruv maʼlumotlariga tayanib, maxsus komissiya tomonidan bemorda operatsiya o‘tkazish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi qaror qabul qilinadi.

Eshituv apparati shunchaki tovushlarni kuchaytiradi va ularni quloq pardasiga yetkazib beradi. Koxlear implant tovushlarni elektr impulslarga aylantiradi, o‘z navbatida ular chig‘anoqdagi elektrodlar yordamida eshituv nervini ishlatadi.

Koxlear implantatsiya foydalanuvchiga odatiy hayot tarzini olib borishida to‘sqinlik qilmaydi. Sport bilan shug‘ullanish, aksariyat tibbiy muolajalarni olishda cheklov yo‘q.

Koxlear implant 2 qismdan iborat – ichki va tashqi. Ichki qismi operatsiya davomida quloqning ichiga o‘rnatiladi. Operatsiyadan so‘ng bu qism bosh terisi ostida qoladi va ko‘rinmaydi. Tashqi qism mikrofon va audioprotsessor, batareya hamda uzatgichdan iborat. Uzatgich koxlear implant bilan magnit yordamida yopishadi va bosh ustida turadi. Koxlear implantning aksariyat modellarining tashqi qismi quloq eshituv vositasiga o‘xshaydi, u quloq ortiga taqiladi va soch bilan yopilsa, ko‘rinmaydi. Tashqi qismning barcha bo‘laklari bitta korpusda joylashgan modellari ham mavjud. Tashqi qism odatiy eshituv vositasi kabi uyqu va cho‘milish oldidan yechib qo‘yiladi. Shunday koxlear implant modellari ham mavjudki, ularning tashqi qismini cho‘milish paytida yechmasa ham bo‘ladi. Koxlear implantga almashtiriladigan yoki qayta quvvatlanadigan batareyalar taʼminot manbai bo‘lib xizmat qiladi. Koxlear implant protsessori regulyatorlar yoki masofa orqali pult yordamida boshqariladi.