O‘zb Рус

Koxlear implant qanday tuzilgan?

Koxlear implant 2 qismdan iborat – ichki va tashqi. Ichki qismi operatsiya davomida quloqning ichiga o‘rnatiladi. Operatsiyadan so‘ng bu qism bosh terisi ostida qoladi va ko‘rinmaydi. Tashqi qism mikrofon va audioprotsessor, batareya hamda uzatgichdan iborat. Uzatgich koxlear implant bilan magnit yordamida yopishadi va bosh ustida turadi. Koxlear implantning aksariyat modellarining tashqi qismi quloq eshituv vositasiga o‘xshaydi, u quloq ortiga taqiladi va soch bilan yopilsa, ko‘rinmaydi. Tashqi qismning barcha bo‘laklari bitta korpusda joylashgan modellari ham mavjud. Tashqi qism odatiy eshituv vositasi kabi uyqu va cho‘milish oldidan yechib qo‘yiladi. Shunday koxlear implant modellari ham mavjudki, ularning tashqi qismini cho‘milish paytida yechmasa ham bo‘ladi. Koxlear implantga almashtiriladigan yoki qayta quvvatlanadigan batareyalar taʼminot manbai bo‘lib xizmat qiladi. Koxlear implant protsessori regulyatorlar yoki masofa orqali pult yordamida boshqariladi.